TurboRepo monorepo asosida ko'p ilovali enterprise tizimlar quraman — 2 ta to'liq SaaS platforma, ERP dashboard, shared paketlar ekotizimi.
Men — TurboRepo monorepo arxitekturasi asosida ko'p ilovali enterprise tizimlar quruvchi Frontend Engineerman. Procraft (4 app, 7 shared package, UZ/EN/RU i18n) va Urtak (3 app, 5 shared package, 4 rol ERP) — ikkala SaaS platformasini noldan arxitektura qilib, ishlab chiqdim. Docker + Nginx deployment va Cloudflare CDN integratsiyalari ham mening stegim.
TurboRepo + pnpm workspace: shared UI, hooks, services paketlari. Bir joyda o'zgartirish — barcha applarga avtomatik ta'sir.
4 xil rol (superadmin, omborchi, operator, kuryer) — alohida routing, menyu, ruxsatlar. JWT + Axios interceptor bilan token auto-refresh.
TBT 13,370ms → ~0ms. 29 PNG → WebP (95% hajm). YouTube lazy facade. Lighthouse 90+ — har bir loyihada o'lchab, optimizatsiya qilingan.
Docker Compose, Nginx reverse proxy, subdomain routing (username.procraft.uz). Cloudflare CDN va bot management sozlamalari.
Muammoni tizimli o'ylab, eng sodda yechim topish.
Intizom: Calisthenics & GYM.
Ijodkorlik: Gitara va kreativlik.
10+
Loyihalar
2
SaaS/ERP
2
Monorepo
Murakkab muammolarni yechishda foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalar va muhandislik vositalari.
Real mijozlar va startap loyihalar — har biri texnik murakkablik va muhandislik yechimlari bilan.
HTML5 va CSS3 yordamida qurilgan ko'p sahifali korporativ veb-sayt. Semantic HTML markup, alohida sahifalar papkasi (pages/), shrift integratsiyasi. Pixel-perfect layout, responsive dizayn, toza va tartibli kod strukturasi.
Dizayn maketidan pixel-perfect HTML/CSS layout yaratish ko'nikmalarini namoyish etuvchi loyiha. Semantic HTML5 elementlari, toza CSS (Flexbox va Grid), shrift integratsiyasi (fonts/ papkasi). Responsive va chiziqli vizual hiyerarxiya. Har bir detalga e'tibor berib ishlanma — spacing, tipografiya, rang palitrasiga qat'iy rioya qilingan.
Ko'p sahifali e-commerce veb-sayti — toza HTML5, SCSS va Vanilla JavaScript yordamida qurilgan. SCSS preprocessor bilan modulli uslub arxitekturasi, responsive layout (Flexbox va Grid), mahsulot kartochkalari, navigatsiya va sahifalar orasida o'tish. Backend frameworklarsiz yozilgan — barcha mantiq toza JS da.
GitHub REST API bilan ishlashni namoyish etuvchi qidiruv ilovasi. Foydalanuvchi nomini kiritish orqali GitHub profili va omborxonalar haqida ma'lumot olish. Fetch API va async/await, debounce texnikasi, dinamik DOM manipulyatsiya. Toza CSS animatsiyalar va responsive karta dizayni. Real API integratsiyasining amaliy namunasi.
React va Vite yordamida qurilgan zamonaviy bozor ilovasi. Component-based arxitektura, React Hooks (useState, useEffect), pnpm paket menejeri. Mahsulotlarni ko'rish, saralash va savat funksionalligi. Fast Refresh bilan tezkor dasturlash muhiti ta'minlangan. ES Modules va Vite build optimizatsiyasi qo'llanilgan.
Shaxsiy portfolio sayti — Vite SPA dan Next.js 15 App Router ga to'liq migratsiya qilingan, React 19 va TailwindCSS v4 asosida. Static Site Generation (generateStaticParams) bilan loyiha sahifalari oldindan render qilinadi, har bir sahifa uchun alohida metadata. SEO arxitekturasi: JSON-LD structured data (Person, WebSite va SoftwareApplication schema), next/og bilan dinamik 1200×630 Open Graph rasm generatsiyasi, dasturiy sitemap.js va robots.js, canonical URL'lar, har bir loyiha uchun generateMetadata. Performance: next/image bilan avtomatik WebP optimizatsiya va LCP priority, font optimizatsiya. Dinamik /project/[id] route'lar prev/next navigatsiya bilan. Lucide React ikonlari, dark theme (#080808 fon, #00f3ff accent), responsive dizayn. Deployment: o'z VPS serverida pm2 process menejeri, Nginx reverse proxy, Let's Encrypt SSL va Cloudflare CDN orqali raximjon.uz domeniga ulangan. Google Search Console bilan sitemap submit va indekslash monitoringi.
Procraft — foydalanuvchilarga professional portfolio va ATS-friendly resume yaratish imkonini beruvchi to'liq stack SaaS platforma. React monorepo arxitekturasi (TurboRepo + pnpm workspace) asosida qurilgan, 4 ta alohida app (marketing landing, dashboard SPA, public profiles subdomain, admin panel) va 7 ta shared package (@procraft/ui, @procraft/hooks, @procraft/services va boshqalar) dan iborat. Frontend: React 18, Ant Design, TanStack Query, Redux Toolkit, React Router v7, react-i18next (UZ/EN/RU). Deployment: Docker Compose, Nginx reverse proxy, subdomain routing (username.procraft.uz).
Fotograflar uchun to'liq resurs platformasining frontend layouti. HTML5 Semantic markup va SCSS preprocessor (7-1 pattern) yordamida qurilgan. BEM metodologiyasi bilan tartibli CSS arxitekturasi. Dark mode toggle, loading animatsiya, sticky header, smooth scroll, hamburger menu — barchasi toza Vanilla JS da. Pricing kartochkalari, blog sektsiyasi, qidiruv formi va testimonial bloklari. CSS va SCSS uyg'un ishlatilgan: o'zgaruvchilar, nesting va mixin texnikalari qo'llanilgan.
Urtak — o'zbek tilidagi to'liq e-commerce va ichki boshqaruv platformasi. TurboRepo + pnpm workspace asosida 3 ta alohida app: urtak.uz (xaridor sayti), dashboard.urtak.uz (admin panel), seller.urtak.uz (sotuvchi paneli). 5 ta shared package: @urtak/config (design tokens), @urtak/store (Redux), @urtak/server (Axios + 13 ta servis), @urtak/hooks (TanStack Query), @urtak/ui (umumiy komponentlar). Dashboard da 4 xil rol: superadmin, omborchi, operator, kuryer — har biri uchun alohida routing va menyu. JWT auth: Axios interceptor orqali access token avtomatik yangilanishi. Cloudflare Images CDN integratsiya — direct upload URL pattern. React Lazy + Suspense bilan kod splitting. Real API: api.urtak.uz. Nginx subdomain routing.
Ilhom Begimqulov — biznes-konsultant shaxsiy brend sayti. Statik HTML/CSS/JS arxitekturasi, 3 ta til versiyasi: lotin (index.html), kiril (kril/), rus (ru/). Cloudflare CDN orqali serve qilinadi. SEO uchun: JSON-LD structured data (Person schema) bilan alternateName pattern — Ilhom/Ilxom, kiril/lotin variantlari qidiruv natijalarida chiqishi uchun. robots.txt — test va bo'sh sahifalar bloklangan. Performance: 29 ta PNG → WebP konvertatsiya (o'rtacha 95% hajm kamaytirish), 11 ta YouTube iframe → lazy facade pattern (TBT 13,370ms → ~0ms), JS defer, Google Fonts non-blocking load. Google Search Console orqali sitemap submit va indekslash monitoring. Cloudflare Bot Management — robots.txt directive sozlash.